Afg‘onistonning Nangarxar viloyati ma’muriy markazi hisoblangan Jalolobod shahrida joylashgan Hindiston konsulxonasi yaqinida yuz bergan portlash natijasida kamida olti kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, xudkush terrorchi Hindiston konsulligi darvozalari yaqinida o‘zini portlatib yuborgan. Shundan keyin afg‘on xavfsizlik kuchlari uning sheriklariga qarata o‘t ochgan. Jinoyatchilar yaqin atrofdagi uylarga yashiringan.
Hozirgi paytda Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari voqea joyini qurshab olgan. Hech bir terrorchilik guruhi hodisa uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)