Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning yangi prezidenti Janni Infantino futbol bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32 tadan 40 taga oshirish borasida fikrini bildirdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Qit’a darajasidagi musobaqalarda 30 foizdan 100 foizgacha jamoalar ishtirok etadi. Shu sababli Jahon chempionatida 40 ta terma jamoa qatnashsa (ya’ni, FIFAga a’zo davlatlarning 19 foizi), bu u qadar ko‘p bo‘lmaydi. Shu tariqa, biz yangi 8 jamoaga mundial havosidan bahramand bo‘lish imkonini beramiz. Natijada jamoalar saralash bahslarida yanada ko‘proq ishtiyoq bilan to‘p suradi. Bu esa futbol rivoji va ommalashishiga olib keladi”, — deydi Infantino.
Izoh (0)