Ozarbayjon poytaxti Bokuda odamlar tiriklik chog‘ida dafn uchun yer sotib olishi man qilindi. Bu haqda 1-mart kuni, shahar aholisiga fuqarolik xizmatlarini ko‘rsatish tresti muhandisi Sobir Hasanovga tayanib, “Gazeta.ru” yozdi.
“Ilgari odamlar tirikligida o‘zlari uchun qabristondan yer sotib olishlari mumkin edi. Lekin endilikda bu taqiqlandi. Tiriklik chog‘idayoq joy band qilmoqchi bo‘lgan odamlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmaydi”, — deb tushuntirdi u.
Shu bilan birga, Hasanov qarindoshlarining qabri atrofida joy saqlanishini so‘raganlarning iltimoslari inobatga olinishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)