“Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasi orqali 2015-yil davomida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari bilan korxona balansidagi maydoni 97 230,95 kvadrat metr bo‘lgan obyektlarni ijara asosida berish bo‘yicha jami 467 ta ijara shartnomasi rasmiylashtirildi. Bu haqda 2-mart, chorshanba kuni “Binolardan foydalanish departamenti” davlat korxonasi faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
“Binolardan foydalanish departamenti” davlat korxonasidan ma’lum qilinishicha, hisobot davrida korxona tomonidan Vazirlar Mahkamasining 26 ta qaror va farmoyishlari ijro uchun qabul qilingan va bajarilgan.
Bundan tashqari, yangi tashkil etilayotgan va binoga muhtoj korxonalarni hamda binolari buzilishga tushgan jismoniy va yuridik shaxslarni joy bilan ta’minlash bo‘yicha Toshkent shahar hokimining 51 ta qarori qabul qilingan.
Izoh (0)