Ummonda sodir bo‘lgan avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 18 kishi qurbon bo‘ldi, 14 kishi jarohat oldi. Bu haqda, Associated Press agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Avariya Ibri va Fahud shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda sodir bo‘ldi. Politsiya hodisa sabablarini aniqlash ustida ishlamoqda.
Izoh (0)