Rossiyaning Novosibirsk shahrida istiqomat qiluvchi mikrominiatyurachi Vladimir Aniskin dunyodagi eng mitti kitob sanalayotgan san’at asarini yaratdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Aniskinning so‘zlariga ko‘ra, kitobning umumiy hajmi Rossiya rekordlari kitobiga kiritilgan namunadan 67 barobar, Ginness rekordlar kitobi tomonidan tan olingan eng kichik kitobdan 88 barobar kichikroq.
“Kitob ikki variantda tayyorlangan. Birinchi variant ‘Chapaqay’ deb ataladi. Ikkinchi variant ‘Alifbo’”, – dedi san’atkor.
Ginness rekordini o‘rnatgan kitob o‘lchami – 0,74 ga 0,75 mm. Aniskin yaratgan kitobning ko‘rsatchiklari esa – 0,07 ga 0,09 mm.
Izoh (0)