AQShning ExxonMobil neft-gaz giganti 29-fevral, dushanba kuni o‘z tarixidagi eng ko‘p — 12 milliard dollar qiymatidagi obligatsiyalarini sotuvga chiqardi. “RIA Novosti”ning Financial Times nashriga tayanib yozishicha, kompaniya bu bilan neft narxi past bo‘ladigan davrga tayyorlanayotganini bildirgan.
ExxonMobil’ning sof qarzi 2014-yil oxirida 24,4 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirga kelib u 10 milliard dollarga o‘sdi va 35 milliard dollarni tashkil qilmoqda.Kompaniya aksiyalarni qayta sotib olishdan voz kechib, kapital xarajatlarni 25 foizga — 23,2 milliard dollargacha qisqartirganiga qaramay, ekspertlarning fikricha, kompaniyaning sof qarzi 2016-yilda yana o‘sadi.
Obligatsiyalar neft va gaz narxi tushishi oqibatida ExxonMobil’ning kreditlash hajmi o‘sishi tufayli bunday katta miqdorda sotuvga chiqarilmoqda. Bundan tashqari, yirik energetik kompaniyalar yuqori darajadagi “AAA” reytingini yo‘qotishdan qo‘rqmoqda.
Izoh (0)