Rejissor Tom Makkartining “Diqqat markazi”da filmi AQSh kinoakademiyasi tomonidan 2015-yilning eng yaxshi filmi deb topildi va “Oskar” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Eng asosiy “Oskar” uchun kurashda Makkartining filmi “Omon qolgan”, “Telba Maks”, “Bruklin”, “Xona”, “Josus ko‘prigi”, “Tushirish o‘yini” va “Marslik” filmlaridan ustun keldi.
“Diqqat markazida” filmida, “RIA Novosti”ning qayd etishicha, katolik cherkovidagi jinoyatlar ustidan olib borilgan jurnalistik surishtiruv haqida hikoya qilinadi.
Toshkent vaqti bilan 29-fevral, dushanba kuni Los-Anjelesdagi “Dolbi” kinoteatrida bo‘lib o‘tgan 88-taqdimotda aktyor Leonardo Di Kaprio “Omon qolgan” filmidagi roli uchun o‘zining ilk “Oskar”ini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Omon qolgan”ning rejissori Alexandro Gonsales Inyarritu ketma-ket ikkinchi yil eng yaxshi rejissyor deb topildi.
Izoh (0)