AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton Demokratlar partiyasining Janubiy Karolina shtatida o‘tgan dastlabki saylov natijalariga ko‘ra bosh raqibi Berni Sandersdan o‘zib ketdi. Bu haqda “RBK” nashri xabar berdi.
“Biz buni qila oldik, Janubiy Karolina”, – deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
Bu Klinton xonimning dastlabki saylovlarda ketma-ket qozongan uchinchi g‘alabasidir. Ilgariroq u Ayova va Nevada shtatlarida, Sanders esa Nyu-Gempshirda yutib chiqqan edi.
1-mart kuni “superseshanba” doirasida bir yo‘la 11 shtatda saylovlar o‘tkaziladi. Keyingi dam olish kunlarida yana to‘rt shtat ovoz beradi.
Izoh (0)