Boliviya g‘arbida yo‘lovchi avtobusining yuk mashinasi bilan ro‘paradan to‘qnashib ketishi natijasida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Yana 20 kishi jabrlandi, deb xabar beradi “TASS”.
Sisternali yuk mashinasining haydovchisi sirpanchiq yo‘lda muvozanatni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, avtobus bilan to‘qnashib ketgan. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga qaraganda, kuni kecha avariya oqibatida yog‘ to‘kilib ketishi trassada harakatlanishni qiyinlashtirgan.
Avtobus haydovchisi, uning yordamchisi va to‘rt nafar yo‘lovchi YTH oqibatida qurbon bo‘lgan.
Izoh (0)