Apple korporatsiyasi muhandislari iPhone ma’lumotlari xavfsizligi himoyasini ta’minlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda. Bu haqda The New York Times gazetasiga tayangan holda Meduza xabar beradi.
Agarda kompaniya o‘z mahsulotlari himoya tizimini kuchaytira olsa, AQSh Federal qidiruv byurosi zaruriy axborot olishning boshqa usullarini izlashiga to‘g‘ri keladi. Bu esa, o‘z navbatida, yangi sud eshituvlariga hamda Apple’dagi texnik o‘zgarishlarga olib keladi, deb hisoblamoqda xavfsizlik sohasi ekspertlari.
Eslatib o‘tamiz, San-Bernardino shahrida sodir etilgan ommaviy qotillik surishtiruvlari jarayonida Apple va FQB o‘rtasida ixtilof kelib chiqdi. Federal xizmat xususiy korporatsiyadan o‘ldirilgan terrorchining smartfonidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun kerakli dasturni talab qildi, ammo kompaniya bu millionlab mijozlarining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligini shubha ostiga olishini anglagan holda federal agentlar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Bu holat sudda va Kongressda ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)