23-fevral kuni Rossiyaning Krasnodar shahrida bir qiz mashinasini avtoturargohga to‘g‘ri joylashtirishga urinib, buning davomida 17 ta avtomobilga zarar yetkazdi. Bu haqda, mahalliy yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi vakili Mixail Zemlyakovning so‘zlariga asoslanib, “RBK-Kuban” xabar berdi.
Aytilishicha, Chevrolet rusumli ulov sohibasi mast bo‘lgan, shu bois boshqa mashinalar bilan bir necha bor to‘qnashgan. Tibbiy ekspertizadan o‘tishdan bosh tortgan qiz ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygani yuzasidan bayonnoma tuzilgan. Qonunchilikka muvofiq, u 30 ming rubl miqdorida jarimaga tortilishi hamda 1,5-2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Izoh (0)