Rossiya Turkiya bilan harbiy-texnik sohadagi hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Rossiya prezidentining harbiy-texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Vladimir Kojin “Interfaks” agentligiga bergan intervyusida o‘qotar qurollar va artilleriya tizimlari yetkazib berish bo‘yicha, shuningdek, xizmat ko‘rsatish borasidagi shartnomalar mavjud bo‘lganini, ammo ularning barchasi to‘xtatib qo‘yilganini ma’lum qildi.
“Muzokaralar ham, aloqalar ham yo‘q. Vaziyat Rossiya prezidenti aytgan rakursda o‘zgarmaguniga qadar ular bo‘lmaydi”, – dedi Kojin.
Izoh (0)