Britaniyaning Oksfordshir grafligi janubiy qismidagi elektr stansiyasi hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, kuchli portlash Oksfordshir grafligining janubidagi Didkot shahrida joylashgan issiqlik elektr stansiyasi hududida sodir bo‘lgan.
Politsiya ushbu portlashni jiddiy hodisa sifatida baholamoqda. Bir kishining halok bo‘lganligi, besh kishining yaralanganligi ma’lum qilingan. Yana uch kishini qutqaruvchilar hali topa olmagan.
Voqea joyida oltita tez yordam jamoasi, favqulodda xizmatlarning ikkita vertolyoti va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish guruhi ish olib bormoqda.
Hodisa eski ko‘mir elektr stansiyasi hududida yuz bergan. U 2013-yilda faoliyatini to‘xtatgan bo‘lib, buzib tashlanishi kutilayotgan edi.
Izoh (0)