Gruziyada yil boshidan buyon cho‘chqa grippidan 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda kasalliklarni nazorat qilish markazi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
“Barcha o‘lim holatlari davolashni kechiktirilganligi natijasida yuzaga kelgan”, — deydi markaz direktori Amiran Gamkrelidze.
Uning so‘zlariga qaraganda, hozirgi paytga kelib H1N1 virusi bilan kasallanish jadalligi susaygan.
Izoh (0)