Hindistonning Nyu-Dehli shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha turnirda ishtirok etgan o‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova yarim finalga chiqdi. Bu haqda “Olamsport” xabar qilmoqda.
Turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan tennischi chorak finalda Xitoy Taypeyi vakilasi turnirning to‘rtinchi raketkasi Ya-Xsuan Lini ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, turnirning ikkinchi bosqichida Sabina rossiyalik Veronika Kudermetovani 6:3, 6:0 hisobida taslim etgan edi.
Sharipovaning yarim finaldagi raqibasi hindistonlik Ankita Rayna bo‘ladi.
Izoh (0)