Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Taniqli reper Shohrux Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — “My.gov.uz” haqida 32 soniya davom etadigan qo‘shiq kuyladi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi — “Egov.uz”ning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan qo‘shiq o‘zbek va rus tillarida kuylangan. Shohrux tomonidan uning “Xato” nomli qo‘shig‘i musiqasi ostida kuylangan kompozitsiyaning o‘zbekchasi quyidagi so‘zlardan iborat (qo‘shiqni bu yerda eshitish mumkin):

Teraman My.gov.uz,Shart emas ko‘rishmoq yuzma-yuz.Hayotingni osonlashtir,365 kun — bahor, yoz, kuz.Endi muammolaringni hal qilIkki baravar tezroq,Ter — My.gov.uz.
“Egov.uz”ning Facebook’dagi sahifasida qayd etilishicha, mazkur qo‘shiq “My.gov.uz” haqidagi rolikda foydalaniladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi