Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko MDHda erkin savdo zonasi yaratish to‘g‘risidagi kelishuvni O‘zbekistonga qo‘llash bo‘yicha bayonnomani ratifikatsiya qilishni belgilab bergan qonunni imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Foto: “RBK-Ukraina”

Foto: “RBK-Ukraina”

Hujjatga ilova qilingan xatga muvofiq, bayonnomaning kuchga kirishi bilan 2011-yil 18-oktabrdagi O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida imzolangan erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi kelishuvning barcha bandlari bayonnomada ko‘rsatilgan shartlar inobatga olingan holda amal qila boshlaydi.

Erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bayonnomaga ko‘ra, O‘zbekiston Ukraina mollaridan import va eksport bojlarini undirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2011-yilning 8-oktabrida Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston, Moldova va Tojikiston erkin savdo zonasi yaratish borasida kelishuvga erishgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi