Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Metrojet kompaniyasiga tegishli Sinay yarim orolida qulagan A321 laynerining halokatiga Turkiyaning aloqador emasligini e’tirof etdi. Bu haqda xizmat rahbari Aleksandr Bortnikovga tayangan holda Meduza xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyining boshlarida “Kommersant” gazetasi xavfsizlik xizmatidagi manbalariga tayangan holda laynerning halokatiga olib kelgan teraktni uyushtirishga Turkiyaning Bozkurtlar (“Bo‘z qashqirlar”) radikal tashkiloti aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi. Ammo Bortnikov o‘z bayonotida bu axborot haqiqatga mos emasligini ta’kidladi.
Izoh (0)