Makka shahri ma’muriyati bir nechta yirik ko‘chalarda joylashgan reklama lavhalarini olib tashlash kampaniyasini boshlab yubordi. “RIA Novosti” agentligining Saudi Gazette nashriga tayangan holda ma’lumot berishicha, ularning o‘rnini quyosh panellari egallaydi.
“Kampaniyadan ko‘zlangan maqsad uzoqdan ham yaqqol ko‘rinadigan xunuklikni bartaraf qilish, shuningdek, muqaddas shaharning go‘zalligiga zarar keltirayotgan plakatlarni olib tashlashdir”, – dedi Makkaning ash-Sharqiya munitsipaliteti rahbari Mahmud Iroq.
Reklamalar o‘rniga ustunlarga quyosh batareyalari va svetoforlar o‘rnatiladi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun muqaddam Makka ko‘chalaridan “Barselona” futbolchisi Neymar tasvirlangan reklamalar olib tashlangan edi.
Izoh (0)