2016-yilning 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatga tashrif buyurgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Polshadagi vakolatxonasi rahbari Paulina Mitskevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari va o‘zaro aloqalarni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, mustaqillikning ilk kunlaridan buyon O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasiga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Tizimli va izchil islohotlar BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarining bir qator muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha tegishli natijalarga muddatidan ilgari erishish imkonini yaratdi.
Uchrashuvda ba’zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)