Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Ukraina hukumatining Rossiya yuk mashinalari tranzitini to‘xtatish borasidagi qaroriga munosabat bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Rossiya hukumati rahbari mamlakatda Ukraina hududidan kirib kelgan har qanday transport vositalarining harakatlanishi taqiqqa uchrashi mumkinligini istisno qilmadi.
“Ayni paytda qo‘shimcha nazorat vakolatlarini Ukraina hududidan kelayotgan barcha turdagi transport vositalariga nisbatan qo‘llash kerak”, – ta’kidladi Medvedev.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 15-fevral kuni Ukraina Vazirlar mahkamasi Rossiya yuk mashinalarini o‘z hududidan o‘tkazishni to‘xtatish haqida qaror qabul qildi. Bunga sabab sifatida Rossiyaning Butunjahon savdo tashkiloti va ikki tomonlama kelishuvlar talablarini buzganligi aytildi.
Izoh (0)