Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Olimlar gravitatsiya to‘lqinlarini qayd etdi. Ularni Albert Eynshteyn bashorat qilganiga qaramay, to‘lqinlar mavjudligi tajriba orqali endi isbotlandi, deya xabar bermoqda Meduza Vashingtondagi matbuot anjumaniga tayanib.

Foto: EPA

Foto: EPA

Aniqlashga erishilgan to‘lqinlar manbasi Yerdan milliard yorug‘lik yili masofasidagi ikkita qora tuynukning o‘zaro tutashishi bo‘lib chiqdi. To‘lqinlar tadqiqotda qatnashgan ikkala observatoriyada ham qayd etildi.

Olimlar qora tuynuklar qo‘shilishidan chiqqan tovushni yozib olishga muvaffaq bo‘ldi. Tutashish natijasida ajralib chiqqan energiya qiymati uchta Quyoshga tengdir.

Nashr hodisani sodda tarzda tushuntirib berdi. 1,2 milliard yil avval olis galaktikada ikkita qora tuynuk bir-biri atrofida aylangan. Ularning yirikrog‘i massasiga ko‘ra 36 ta Quyoshga, kichikrog‘i — 29 ta Quyoshga teng bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan tuynuklar o‘zaro yaqinlashib va tezlashib borgan, oxir-oqibat bitta ulkan qora tuynukka birlashgan. Shu lahzada barcha tomonlarga yorug‘lik tezligida gravitatsiya to‘lqinlari tarqala boshlagan. Biroq ular asta-sekin so‘nib borgan, Yerga yaqinlashganida esa ularni sayyoradagi boshqa vibratsiyalardan ajratib bo‘lmay qolgan.

Gravitatsiya to‘lqinlarini tutish uchun bir-biridan taxminan uch ming kilometr uzoqlikda ikkita observatoriya qurildi. Ulardagi uskunalar o‘ta darajada ta’sirchanligi natijasida, to‘lqinlarni tutishga muvaffaq bo‘lindi.

Quyidagi videoda esa gravitatsiya to‘lqinlari haqida tushuncha berilgan:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?