Italiyada, Veneto hududining shimolida yil boshidan buyon Zika virusi bilan kasallanishning uchta holati qayd etildi. Bemorlarning barchasi Janubiy Amerika mamlakatlaridan qaytib kelgan. Bu haqda ANSA agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy ma’muriyati maslahatchisi Luki Kolettoning ma’lum qilishicha, vahima qilishga hech qanday asos yo‘q. “Biz 2010-yildan buyon Zika virusining tarqalishini kuzatib bormoqdamiz va ushbu virus chaqiruvchi xastalikni davolash uchun barcha imkoniyatlarga egamiz”, — dedi u.
Avvalroq Rimda Zika virusi bilan kasallanishning to‘rtta holati qayd etilgan edi. Ularning barchasi davo muolajalarini muvaffaqiyatli olgan.
Izoh (0)