National Geographic telekanali Brain Games ko‘rsatuvida topishmoq berdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bolalarning 80 foizi bu topishmoqqa intuitiv tarzda javob beradi. Kattalar esa javob berishga biroz qiynaladi, deb yozadi Meduza.
Xullas, avtobus qayerga ketayotganini aniq aytish kerak:
Topishmoq javobi
Bolalar bu savolga intuitiv tarzda javob bersa, kattalarda mantiq ishga tushadi. Javob esa siz qaysi mamlakatda istiqomat qilishingizga bog‘liq.O‘zbekiston holatida — avtobus chap tomonga ketayapti — buni avtobusning kirish eshiklari haydovchi o‘rindig‘idan qarama-qarshi nuqtada joylashganidan taxmin qilsa bo‘ladi.
Angliya, Yaponiya, Malayziya kabi avtomobillar harakati chap tomondan bo‘lgan mamlakatlarda bu avtobus o‘ngga harakatlanayotgan bo‘ladi.
Izoh (0)