Toshkent shahridagi “Kamolon” ko‘prigi yaqinida Epica rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda Telegram’dagi Auto tuning guruhi a’zolari xabar berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Hodisa 1-fevral, dushanba kuni soat 21:00 atrofida sodir bo‘lgan.
Avtomobilning nima sababdan yonib ketganligi hozircha noma’lum. Biroq yong‘in gaz ballonidan gaz sizib chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan, degan taxminlar mavjud.
Keyinroq Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida yonib ketgan Epica’ning suratlari e’lon qilindi.
Izoh (0)