Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida joylashgan Siachen muzliklari hududida 3-fevral kuni qor ko‘chishi oqibatida o‘n nafar hindistonlik harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda Hindiston armiyasi vakili bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 35 soat davom etgan qidiruv-qutqaruv ishlari natija bermagan. Harbiy xizmatchilarni topish imkoni bo‘lmadi. Ularning barchasi halok bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
Qutqaruv ishlarida armiya bo‘linmalari, harbiy-havo kuchlari va xizmat itlari ishtirok etdi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va shimoliy armiya qo‘mondoni qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
Izoh (0)