Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati hokimi Ahmadjon Usmonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanali “Axborot” informatsion dasturida xabar berildi.

Sodiq Abdullayev. Kadr: “Axborot” / “MTRK.uz”

Sodiq Abdullayev. Kadr: “Axborot” / “MTRK.uz”

4-fevral, payshanba kuni xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov qatnashgan, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.

Xabar berishlaricha, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining qaroriga muvofiq shu kungacha Zangiota tumaniga hokimlik qilib kelgan Sodiq Abdullayev viloyatning yangi hokimi etib tasdiqlangan.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Sodiq Abdullayevni Toshkent viloyati hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Prezidentining boshqa farmoniga muvofiq, viloyatning avvalgi hokimi Ahmadjon Usmonov o‘z lavozimidan ozod etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi