Qirg‘izistonning budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiya 2010-yildan 2015-yilgacha 185 million dollar miqdorida beminnat yordam ko‘rsatdi. Bu haqda “TASS” bergan ma’lumotlarga asosan “Vedomosti” xabar qilmoqda.
Qirg‘iziston Istiqbolli tadqiqotlar markazi direktorining ma’lum qilishicha, Rossiya bir necha yo‘nalishda moliyaviy va moddiy yordam ko‘rsatmoqda. Rossiya ― Qirg‘iziston Rivojlanish fondi shular qatorida bo‘lib, uning faoliyati uchun Moskva 500 million dollar ajratib, yana shuncha miqdordagi pul mablag‘ini qarz sifatida bermoqchi.
2014-yilda imzolangan hukumatlararo kelishuvga asosan tashkil etilgan fond, qirg‘izistonlik tadbirkorlarni Yevrosiyo Iqtisodiy ittifoqi sharoitiga moslashishida yordam beradi.
Izoh (0)