Neft tashuvchi tanker Nigeriyada ekipaj bilan birga qo‘lga olindi. Bu haqda Associated Press bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, garovga olinganlar orasida Rossiya, Gruziya va Filippin dengizchilari bor.
Ma’lum qilinishicha, tutqunlikdagi MT Leon Dias nomli kema Gretsiya kompaniyasiga tegishli. Kemaga 31-yanvar, yakshanba kuni hujum uyushtirilgan bo‘lib, besh kishi garovga olinganligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)