Neft narxlari o‘tgan haftada egallagan pozitsiyalarini yo‘qotib, yana pasaymoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
AQSh bozoridagi yoqilg‘i zaxiralari haqidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishini kutayotgan bozor ishtirokchilari neft qazib oluvchi mamlakatlarning hamkorlik yuzasidan kelishib olishga urinishlariga katta shubha bilan qaramoqda.
Neftning Brent markasi aprel oyi fyucherslari Londonning ICE Futures birjasida Moskva vaqti bilan 8:00 da (Toshkent vaqti bo‘yicha 10:00) ikki foizga yaqin pasayib, barreliga 33,57 dollarni tashkil etdi.
WTI markasi bo‘yicha shartnomalar qiymati Nyu-York savdo birjalarida 2,25 foizga pasayib, barreliga 30,91 dollardan iborat bo‘ldi.
Izoh (0)