2016-yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Belarus Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nikolay Klakevichni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi aloqalar, jumladan Belarus kuzatuvchi davlat maqomiga ega Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston—Belarus uchrashuvlarining jadvali va kun tartibi hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.