Curiosity marsoxodining Twitter’ida Namib qumtepaligi fonidagi yangi selfisi paydo bo‘ldi. Bu haqda “AfishaDaily” xabar beradi.
Selfini yaratish uchun hozirda robot turgan Marsning Namib qumtepaligi hududida 19-yanvardan boshlab turli rakurslardan olingan 57 ta kadr montaj qilingan.
“Curiosity marsoxodi Marsning qumtepaligidagi yangi suratda selfi san’atini mukammallashtirmoqda”, — deb yozdi NASA xodimlari Twitter’dagi sahifasida. Bungacha ham NASA Curiosity’ning boshqa hududlarda olingan bir nechta selfisini chop etgan edi.
Curiosity Mars Science Laboratory dasturi tomonidan Qizil sayyorani tadqiq etish yuborilgan uchinchi marsoxoddir. U Marsga 2011-yilning 26-noyabrida yo‘l olgan va 2012-yil 6-avgustda Marsdagi Geyl krateri yaqiniga qo‘ngan edi.
Izoh (0)