Turkiya sohillari yaqinida muhojirlar tushgan kema halokatga uchrashi oqibatida kamida 10 nafar muhojir, jumladan, besh nafar bola nobud bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Turkiya qirg‘oq himoyasi 43 nafar muhojirni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi, yana kamida 20 kishi bedarak yo‘qolgan. Gretsiyaga yo‘l olgan qochoqlar asosan Suriya va Afg‘oniston fuqarolari ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)