Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent politexnika muzeyida 29-yanvar, juma kuni Avtomobil tug‘ilgan kun nishonlandi va retro-avtomobillar to‘plamidagi yangi eksponat namoyish etildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

EMW 340. Foto: “Gazeta.uz”

EMW 340. Foto: “Gazeta.uz”

Roppa-rosa 130 yil avval — 1886-yil 29-yanvar kuni Karl Bens o‘zining ichki yonish dvigateliga ega, benzinda ishlovchi ilk avtomobili uchun patent olgan edi.

Tarixiy sanaga bag‘ishlab, muzeyda yangi eksponat — BMW’ning “qarindoshi” — 1949—1955-yillarda chiqarilgan EMW 340 ochildi.

Muzey tashrifchilariga afsonaviy nemis avtomobilining paydo bo‘lish tarixi va avtomobilsozlik tarixi bilan bog‘liq boshqa faktlar haqida ma’lumot berildi.

Nashr ta’kidlashicha, yaqinda muzey ekspozitsiyasi O‘zbekistonda 1999-yilning martida chiqarilgan birinchi avtobus bilan boyigan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda nogironligi bor bolaga murojaat qilinganidan qat’i nazar nafaqa tayinlanadi
Mahalliy
O‘zbekistonda jinsiy zo‘ravonlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
Mahalliy
Amudaryoda yangi qurilayotgan temiryo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi