Gollandiyaning Rotterdam shahrida 16-mart kuni 20 daraxtdan iborat suzuvchi o‘rmon paydo bo‘ladi, deya xabar bermoqda TravelAsk.
Loyiha saytida yozilishicha, Bobbing Forest o‘rmoni uchun daraxtlar Bomendepot tashkiloti tomonidan xayriya tariqasida taqdim etiladi.
Qayd etishlaricha, har safar Rotterdamda qandaydir qurilish boshlanganida, bo‘lajak obyekt o‘rnidagi daraxtlar qo‘porib olinib, yo‘q qilinardi.
Biroq endi Jamoat ishlari bo‘yicha department qurilish joylaridan olingan daraxtlarni Bomendepot’ga yubormoqda, u esa, o‘z navbatida, suzuvchi o‘rmonni kengaytirishga hissa qo‘shmoqda.
Izoh (0)