Belarusning Minsk viloyati, Borisov shahridagi ko‘p qavatli turar-joy binosida olti kishining halok bo‘lganligi sabablari aniqlanmoqda. Bu haqda Respublika Tergov qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ko‘p qavatli turar-joy binosi xonadonlarining birida katta yoshli erkak va ayolning jasadi topilgan. Xonadonda is gazining hidi tarqalganligi aniqlangan. Bundan tashqari, bir qavat pastda yana to‘rt nafar odamning, shu jumladan, ikki nafar — 10 va 17 yoshli voyaga yetmagan bolaning jasadi topilgan.
Voqea tafsilotlariga har tomonlama aniqlik kiritish maqsadida Tergov qo‘mitasining markaziy apparati tergovchilari va Sud ekspertizasi davlat qo‘mitasi mutaxassislari jalb qilindi.
Izoh (0)