AQShda Zika virusi bilan kasallangan odamlar soni olti kishiga yetdi. Bu haqda Fox News telekompaniyasi bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Infeksiya bilan kasallanish holatlari Nyu-York shtatida to‘rtta, Arkanzas va Virginiya shtatlarida bittadan qayd etildi. Barcha bemorlar bundan oldin boshqa davlatlarda bo‘lganligi aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Zika virusi Shimoliy va Janubiy Amerikada tarqalib ketib, Kanada va Chilining kontinent qismidan tashqari barcha mamlakatlarga kirib borishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)