Arab koalitsiyasining Yaman poytaxtidagi aviazarbasi oqibatida o‘n kishi, jumladan, mahalliy sudya va uning oila a’zolari qurbon bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Koalitsiya samolyotlari sudya Yahyo Muhammad Rubeyd, jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiyaviy sud bo‘lim boshlig‘i va Naxam okrugi oqsoqolining uylarini bombardimon qilgan. Aviazarbalar oqibatida bino vayron bo‘lib, sudya va uning to‘qqiz nafar qarindoshi halok bo‘lgan.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, samolyotlar poytaxt okrugidagi sud-tibbiy ekspertiza byurosi binosiga ham zarba bergan.
Izoh (0)