Nikolya Sarkozi o‘zining muvaffaqiyatlari va omadsizliklari haqida oshkora hikoya qilgan kitob Fransiya peshtaxtalarida keyingi hafta boshida, 25-yanvardan paydo bo‘ladi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Sobiq prezidentning ushbu memuari va bir vaqtning o‘zida siyosiy manifesti fransuz OAVlari tomonidan faol muhokama qilinmoqda.
Sarkozi kitobiga “Abadiy Fransiya” deb nom berdi.
Kitob siyosatchining tug‘ilgan kunidan bir necha kun avval chiqadi. Sarkozi Karla Bruni va farzandlari bilan 28-yanvar kuni 61 yoshini nishonlaydi.
Kitobning peshtaxtalarda paydo bo‘lishiga qadar uning mazmuni bilan tanishishga ulgurgan fransuz sharhlovchilarining ta’kidlashicha, unda Sarkozi o‘zining fikr-mulohazalarini o‘quvchilar bilan bo‘lishgan hamda prezidentlik davrida xatolar sodir etganligini tan olib, bundan afsuslanishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)