Londonda uzunligi 118 kilometr bo‘lgan, yiliga, taxminlarga ko‘ra, 200 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan yangi yerosti temiryo‘l tizimi — Crossrail qurilmoqda, deya xabar bermoqda TravelAsk.
Tonnellarni qurish uchun og‘irligi 1000 tonna bo‘lgan yer kavlaydigan parmalardan foydalanilgan. Hozirga kelib “quvurlar” to‘liq tayyor holga kelgan va, poyezdlar harakatini ta’minlash uchun, ularni zarur infratuzilma — ventilyatsiya shaxtalari, elektr simlari, signal qurilmalari, aloqa va kuzatuv tizimlari bilan ta’minlab chiqish qoldi, xolos.
Yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar muhayyo qilinmoqda — poyezdlarning eshiklari yetarli darajada keng bo‘ladi (bir vaqtning o‘zida bir eshikdan uch kishi vagonga kira oladi), vagonlarga konditsionerlar, bepul Wi-Fi o‘rnatiladi, shuningdek, 4G tarmoqqa ham ulanish mumkin bo‘ladi.
Qurilishiga 28 milliard dollar sarflangan Crossrail 2017-yilda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Izoh (0)