BMT Xavfsizlik kengashi delegatsiyasi Burundi hukumatini mamlakatdagi mojarolarning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Afrika ittifoqining (AI) besh ming nafar tinchlikparvarini kiritishga ko‘ndira olmadi. Bu haqda 22-yanvar kuni muzokaralardan so‘ng Burundi tashqi ishlar vaziri Alyen Emye Nyamitvyening bayonotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
“Biz o‘z pozitsiyamizni o‘zgartirmadik”, — dedi u.
Avvalroq hukumat Afrika ittifoqining rejalarini bosqinchilik deb atagan prezident Pyer Nkurunziza esa, agar AIning tinchlikparvarlari mamlakat hududida uning xohishiga qarshi paydo bo‘lsa, ularga qarshi qurolli kuchlarni harakatga keltirish bilan tahdid qilgan edi.
Burundining ikki sobiq prezidenti Domityen Ndayizeye va Jan Batist Bagaza tinchlikparvarlarning kiritilishini qo‘llab-quvvatlab fikr bildirdi.
Izoh (0)