Tibet diniy yetakchisi Dalay-lama XIV davolanish uchun AQSh shifoxonalaridan biriga yotqizildi. Bu haqda ABC News telekompaniyasi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“80 yoshli Dalay-lama Minnesota shtatidagi Meyo klinikasida bo‘lib, unga prostata bilan bog‘liq davo choralari qo‘llanilmoqda”, — deyiladi telekanal xabarida.
Shifokorlarning so‘zlariga qaraganda, oliy martabadagi bemorning sog‘lig‘idan xavotir olishga sabab yo‘q. Kasallik uning yoshidagi erkaklar uchun odatiy hisoblanib, uning yaxshi davolanib, to‘liq sog‘ayib ketishi kutilmoqda.
Avvalroq, Dalay-lama shifokorlarning tavsiyasidan so‘ng, tibbiy tekshiruvlardan o‘tish uchun AQShga borishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)