Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShdan neft olib yo‘lga chiqqan birinchi tanker Yevropaga yetib keldi, deya xabar bermoqda “Interfaks”. U Fransiyaning Marsel shahri yaqinidagi portda yukini tushiradi.

Foto: “Haqqin.az”

Foto: “Haqqin.az”

Tankerdagi xomashyo Shveysariyadagi neftni qayta ishlash zavodlaridan biriga yetkazilishi kutilmoqda. U yerdan dizel va yoqilg‘ining boshqa turlari Shimoliy Yevropa davlatlariga yetkazib beriladi.

Bu Amerika hukumati neft eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilganidan keyingi birinchi neft tankeri bo‘ldi.

Dekabr oxirida AQSh Kongressi 40 yil davomida amal qilgan neft eksporti taqiqini bekor qilgandan so‘ng, bir haftadan kamroq vaqt o‘tib, Amerikaning Enterprise Products Partners LP kompaniyasi neft eksporti bo‘yicha birinchi shartnomani imzolaganini ma’lum qildi. Ushbu neftni Niderlandiya va Shveysariyaning Vitol Group kompaniyasi qo‘lga kiritadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi