Jahon arenasida kuchlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha US News & World Report reytingida Rossiya ikkinchi o‘rinni egalladi. Reyting Davosda bo‘lib o‘tgan Butunjahon iqtisodiy forumida taqdim etildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Moskva dunyo siyosatiga ta’siri va harbiy qudrati bo‘yicha maksimal baholandi.
AQSh reytingda birinchi o‘rinni, Xitoy esa uchinchi o‘rinni egalladi. Yetakchi mamlakatlar beshligini Germaniya va Buyuk Britaniya yakunladi.
Iqtisodiyotning o‘sish sur’ati bo‘yicha Rossiya o‘ninchi o‘rinni egalladi. Boshqa mezonlar bo‘yicha esa birinchi o‘ntalikka kirmadi.
Mamlakatlar reytingda turli mezonlar, jumladan, turizm va sayohat (Rossiya 47-o‘rin), davlatlarning ijtimoiy majburiyatlari (33-o‘rin), tadbirkorlik shart-sharoitlari (20-o‘rin), tarixiy merosi (19-o‘rin), iqtisodiy o‘sish sur’ati, biznes uchun ochiqlik (60-o‘rin) kabilar bo‘yicha baholandi.
Izoh (0)