2015-yilning dekabr oyi natijalariga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Tolmachyevo” aeroportida havo kemalarining parvoz jadvaliga rioya etish ko‘rsatkichi bo‘yicha yo‘lovchi aviatashuvchilari ichida eng puxtasi deb tan olindi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar beradi.
Novosibirsk aeroporti rahbariyati “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasiga sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi va bundan keyin ham hamkorlikni davom ettirishga umid qildi.
Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi Domodedovo aeroportining xorijiy tashuvchisi va sherigi “O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi 2015-yil iyun oyi yakunlariga ko‘ra, jadvaldan og‘ishmagan holda eng ko‘p reys amalga oshirib, puxtalik bo‘yicha tanlov g‘olibiga aylangan edi.
Izoh (0)