Yaponiyada sayyohlar avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida 14 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi turli xil tan jarohati oldi. Bu haqda hukumatning bosh matbuot kotibi bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, transport vazirligi hodisa tufayli aloqa shtabini tashkil qilib, voqea joyiga surishtiruv ishlarini olib borish uchun xodimlarni yuborgan.
YTH sodir bo‘lgan paytda avtobusda jami 41 kishi bo‘lgan. Avtobus sayyohlarni Nagano shahridagi chang‘i kurortiga olib ketayotganda, Nagano va Gumma prefekturalari orasida qarshi yo‘lga chiqib ketib, yo‘l to‘sig‘ini buzib, ag‘darilib ketgan.
Politsiyaning ta’kidlashicha, YTH vaqtida yo‘lning muzlashi kuzatilmagan va havo sharoiti odatiy bo‘lgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)