Toshkent ko‘chalaridan birida benzovoz ag‘darilib, benzini oqib ketdi
Toshkentning Oqtepa maydoni hududida benzin tashuvchi sisternali avtomobil ag‘darilib, sisterna ichidagi benzin oqib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabar bermoqda.
Postga ilova qilingan suratlarda mashina yonboshlab qulaganini, uning yaqinidan odamlar bemalol o‘tib-qaytayotganini ko‘rish mumkin. Foydalanuvchilar ushbu holatda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganini qoraladi.
Biroq voqeaning boshqa guvohlari izoh yozishicha, keyinroq avtohalokat hududi to‘sib qo‘yilgan, o‘t o‘chiruvchilar benzin to‘kilgan joylarni yuvib chiqqan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar