Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2015-yilda Rossiyada GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan 20 451 dona avtomobil sotildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar beradi.

Foto: “12news.uz”

Foto: “12news.uz”

2014-yildagi ko‘rsatkich (37 695 dona avtomobil) bilan taqqoslaganda, sotuv hajmi 46 foizga pasaygan. 2015-yilning dekabr oyida Rossiyada GM Uzbekistan’ning 1698 ta avtomobili sotildi. Bu ko‘rsatkich 2014-yilning dekabrida 2340 tani tashkil etgan edi.

GM Uzbekistan’ning Rossiya bozorida egallagan ulushi bir yil davomida 1,5 foizdan 1,3 foizgacha pasaydi.

2015-yilda Rossiyada yangi yengil va tijorat avtomobillarining sotilishi jami 35,7 foizga 1,601 millionta mashinaga qisqardi. Dekabr oyida avtomobillar sotuv hajmi 45,7 foizga pasaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda