AQShning Detroyt shahrida 11-yanvar, dushanba kuni xalqaro avtoko‘rgazma ish boshladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
24-yanvarga qadar davom etadigan tadbirda tashrifchilar e’tiboriga seriyalab ishlab chiqariladigan 700 dan ortiq, shuningdek, 45 dona konseptual avtomobil havola qilinadi.
Taxminlarga ko‘ra, ko‘rgazmaga bir milliondan ortiq mehmon tashrif buyuradi. Volvo S90 sedani va Mercedes-Benz E-Class avtosalonning eng asosiy yangiliklari bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)